Rahbarlar ishga bir marta piyoda kelib ketadi- yangi qonun.

Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boshlandi: rahbarlarga haftada bir marotaba avtomobilsiz kelish, maktablarda sport musobaqalari oʻtkazish belgilandi,  deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

 Rahbarlarga ishga kamida bir marotaba avtomobilsiz kelib ketish tavsiya etildi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19 noyabrda qabul qilingan “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida aytib oʻtilgan. 

2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va oʻrinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi, - deyilgan qarorda. 

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika boʻyicha “Avtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilindi. 

Реклама на Unews

Shuningdek, 2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun moʻljallangan “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etiladi. Mazkur yoʻlaklarda avtomobil qoʻyishni taqiqlovchi belgilar va yoʻlaklarning boshlanish qismiga maxsus toʻsiqlar oʻrnatiladi.

Undan tashqari, respublikadagi maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslashtiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring