BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Qurilish vazirligi Toshkentda noqonuniy qurilayotgan beshta bino haqida ma’lumot berdi

Qurilish vazirligi Toshkent shahrida ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi bo‘lmasdan va qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilishi davom etayotgan binolar haqida ma’lum qildi.

Qurilish vazirligi Toshkent shahrida noqonuniy ravishda qurilayotgan beshta bino haqida ma’lum qildi. Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu binolar xususiy investorlar hisobidan qurilayotgan bo‘lib, ularda ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi berilgan loyiha hujjatlari mavjud emas va qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organ xabardor qilinmagan.

1. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Humo Sarbon» MCHJ tomonidan «Ko‘p qavatli mexmonxona binosi» qurilish ishlari boshlab yuborilganligi va Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasini xabardor qilish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tmagani aniqlangan.

 

 

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lgan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan. Ushbu yozma ko‘rsatma talablari belgilangan muddatida bajarilmaganligi sababli «Humo Sarbon» MCHJ rahbari o‘rinbosari Karimov Husan G‘ofurjanovichga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan 21 yanvarda Toshkent shahar Olmazor tumani ma’muriy sudiga chora ko‘rish bo‘yicha yig‘ma ish jildi yuborilgan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining ijobiy xulosasisiz, shuningdek, sifatni nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan javobgarlikka tortilgan. Shuningde, Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish Toshkent shahar Olmazor tumani hududiy ishchi guruhi komissiyasi raisiga 25 yanvarda 292-sonli xat orqali yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlarga nisbatan chora ko‘rish masalasini atroflicha ko‘rib chiqib, o‘rnatilgan tartibda tegishli chora ko‘rish va qilingan ishlar natijasi bo‘yicha ma’lumot berish so‘ralgan. «Shunga qaramasdan bugungi kunda qurilish montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tilmagan», - deyiladi xabarda.

2. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shoshiy 2-tor ko‘chasida «Insoft Invest» MCHJ tomonidan «Kam qavatli binolarni buzilishi hisobiga pastki qavatlarida savdo va maishiy do‘konlari joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolari»ning qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

Mazkur qurilish ob’ekti ham Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasini xabardor qilish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan. 2020 yil 7 mayda moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar qurilish ob’ektlariga, sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, hech qanday to‘siqsiz kirish hamda ruxsat hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik me’yorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilib, tekshiruv jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2020 yil 27 maydagi 730-sonli bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan va ular belgilangan muddatida bajarilmaganligi sababli «Insoft Invest» MCHJ rahbari Qurbonov Maxsud Ziyatovichga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan 2020 yil 5 iyunda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ma’muriy sudiga hujjatlar to‘plami taqdim qilingan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining ijobiy xulosasisiz, shuningdek, sifatni nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi uchun qurilishni to‘xtatishga takroran berilgan va 2020 yil 21 oktyabrdagi 2127-sonli yozma ko‘rsatma talablari belgilangan muddatlarda bajarilmagani uchun «Insoft Invest» MCHJ mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan, yana takroran Yakkasaroy tuman ma’muriy sudi raisi nomiga 2020 yil 23 oktyabrda 2549-sonli xat bilan yuborilgan. Shunga qaramasdan bugungi kunda qurilish montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tilmagan.

3. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon 30-berk ko‘chasi manzilida joylashgan «Shayx AJ Invest» MCHJ tomonidan «Ko‘p qavatli turar joy binosi» qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

Mazkur qurilish ob’ekti ham Toshkent shaxar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasini xabardor kilish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan. Tekshiruv jarayonida aniqlangan huqukbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2020 yil 18 avgustda 1158-sonli bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan. Ushbu yozma ko‘rsatma talablari belgilangan muddatida bajarilmaganligi sababli «Shayx AJ Invest» MCHJ rahbari Sayfullayev Komiljon Qobiljon o‘g‘liga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan 2020 yil 25 avgustda Toshkent shahar Olmazor tumani ma’muriy sudiga chora ko‘rish bo‘yicha yig‘ma ish jildi yuborilgan va MJkTning 99-moddasi 7-kismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining ijobiy xulosasisiz, shuningdek, sifatni nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan javobgarlikka tortilgan. Ammo shunga qaramasdan bugungi kunda kurilish montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tilmagan.

4. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida «Zarafshon Building» MCHJ tomonidan Toshkent shahar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasini xabardor qilish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan «Mavjud binolarni pastki qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan ko‘p qavatli mehmonxona hamda turar joy binolariga ixtisoslashtirib rekonstruksiya qilish» bo‘yicha qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2020 yil 25 avgustdagi 1272-sonli bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan. Ushbu yozma ko‘rsatma talablari belgilangan muddatida bajarilmaganligi sababli «Zarafshon Building» MCHJ rahbari Sunnatov Mehriddin Hamroboyevichga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan 2020 yil 9 sentyabrda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ma’muriy sudiga hujjatlar to‘plami taqdim qilingan va MJkTning 99-moddasi 7-qismi (ob’ektlarni davlat ekspertizasining ijobiy xulosasisiz, shuningdek, sifatni nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan javobgarlikka tortilgan. Jamiyat tomonidan 2020 yil 11 sentyabrda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida 35-sonli kafolat xati berilgan.

Biroq, «Zarafshon Building» MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Yuqorida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi uchun takroran 9 fevralda qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilib, shu sanada 345-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida 10 fevraldagi 16-sonli kafolat xati taqdim qilingan.

5. «Uchtepa Qalqon» MCHJ korxonasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-5 mavzesi, Tursunzoda ko‘chasi bo‘yida «Yerto‘lasi (podvoli) bo‘lgan to‘qqiz qavatli turar-joy binosi»ni qurish uchun ruxsatnoma olmasdan boshlab yuborgan.

Noqonuniy qurilmaga chora ko‘rish uchun Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish Toshkent shahar Sergeli tumani hududiy ishchi guruhi komissiyasi raisiga vakolat doirasida chora ko‘rishi uchun bir necha bor hatlar chiqarilgan. Hokimiyat va tuman prokuraturasi tomonidan bir necha bor ogohlantirishlar natijasida esa imoratning qurib bitkazilgan 6- va 7-chi qavatlarigacha bo‘lgan qismining sifatini instrumental texnik taftishdan o‘tkazishga inspeksiya qoshidagi qurilish sinov laboratoriyasi va bino-inshootlarni texnik holatini o‘rganish bo‘limi bilan shartnoma tuzib, Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat Inspeksiyasi ro‘yhatidan o‘tgan va qurilish ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berilgan. Ammo imorat yuzasidan instrumental texnik xulosani buyurtmachi shartnoma asosida to‘liq to‘lov pulini to‘lamagan va tayyorlab qo‘yilgan instrumental texnik xulosani olmagan. Qurilish ob’ektida qurilish montaj ishlari yuzasidan olib borilgan monitoringlar davrida sifatsiz bajarilgan ishlar va instrumental texnik tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmaganligi yuzasidan 2018 yil 19 iyul kuni yozma ko‘rsatmalar berilgan, ammo «Uchtepa Qalqon» MCHJ korxonasi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasdan qurilish ishlari noma’lum sabablarga ko‘ra quruvchi tomonidan vaqtincha to‘htatib qo‘yilgan.

Qurilish montaj ishlari boshlanishi bilan inspektor tomonidan 2019 yil 28 oktyabr kuni yozma ko‘rsatma berilgan. Ko‘rsatma talablari bajarilmasdan, imoratning qurilishi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlaridan chetlashgan holda qurilish ishlari uzil kesil yana davom ettirilib kelingan. 2020 yil 18 fevralda 390-sonli va 5 iyulda 1048-sonli yozma ko‘rsatma talablarini bajarish lozimligi haqida «Ogohlantirish xat"lari jo‘natilgan. «Uchtepa qalqon» MCHJ tomonidan barcha ko‘rsatmalar befarq qoldirilib, qurilish ishlarini davom ettirayotganligi uchun inspeksiya tomonidan 12 yanvar kuni yozma ko‘rsatma va ogohlantirish xatlaridagi talablarni bajarmasdan qurilish-montaj ishlarini davom ettirilayotganligi sababli «Qurilishi bitgan imoratlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi»ni rasmiylashtirishda Toshkent shahar qurilish sohasidagi xududiy nazorat Inspeksiyasi qatnashmasligini ma’lum qilib, navbatdagi «Ogohlantirish xati» jo‘natilgan.

Ammo hozirgi kunga qadar qurilish ishlarini amalga oshirayotgan mas’ul shaxslar inspeksiyaga kelishmagan. Shuningdek, ushbu ob’ektni qurayotgan tashkilot «Uchtepa Qalqon» MCHJ korxonasi rahbarlari yuzasidan 2020 yil boshida Ichki ishlar Vazirligi qoshidagi tergov departamenti tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan paytida ham imorat qurilishini to‘xtatish imkoni bo‘lmagan.

«Uchtepa Qalqon» MCHJ tomonidan sifatsiz qurilish montaj ishlari hozirga qadar bartaraf etilmagan, imoratning qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlariga mos kelmaydi.

Qurilish vazirligi, shuningdek, shu kabi noqonuniy va sifatsiz qurilmalar yuzasidan O‘zbekistondagi boshqa hududlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berishi haqida aytib o‘tgan.

Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash mutlaqo yangi tizimda tashkil etiladi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12 fevral kunidagi Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab bergan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Administratsiyasi, vazirlik markaziy apparati vakillari, bir qator sohaviy xizmatlar rahbarlari, ta’lim muassasalari mutasaddilari, shuningdek Akademiya shaxsiy tarkibi a’zolari ishtirok etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishni Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov olib bordi. Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik Rustam Xatamov jamoaga tanishtirildi.Ma’lumki, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, soha uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bu borada respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasasi sanaladi. So‘nggi yillarda mazkur o‘quv dargohida kadrlarni tayyorlash, kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar qilindi. Biroq mamlakatimizda kechayotgan shiddatli yangilanishlar jarayonida ta’lim samaradorligini tubdan takomillashtirish, yosh kadrlarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash ham dolzarb vazifaga aylanayotgani hech kimga sir emas.— Har birimiz islohotlarga mos qadam tashlashimiz lozim, — dedi P.Bobojonov. — Yoshlarimizning bilim olishi uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish barobarida, o‘qitishning ilg‘or metodlarini hayotga tatbiq etishimiz lozim. Afsuski, oramizda eski andozalar bilan dars o‘tadigan, davr ruhidan bir qadam ortda qolayotgan pedagoglarimiz ham yo‘q emas. Tahlillarga ko‘ra, ta’lim dargohini bitirgan ayrim yosh mutaxassislar qisqa muddat ichida shaxsiy xohishlariga ko‘ra o‘z xizmat vazifalaridan bo‘shab ketish, rahbarlik lavozimlariga tayinlangan mutaxassislar esa, bir yil o‘tmasdan zaif tomonlarini namoyish qilmoqdalar. Bu kabi muammolarga kasbiy bilim va fazilatlarning yetishmasligi asosiy omil bo‘lmoqda.Yig‘ilishda kadrlar tayyorlashda kechiktirib bo‘lmas bir qator vazifalarga urg‘u qaratildi. Chunonchi, ta’lim sifatini mutlaqo yangi tizimda yo‘lga qo‘yish, bu borada xalqaro tajribaning samarali mexanizmlarini tatbiq etish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini yanada mustahkamlash, tinglovchi-kursantlarning kasbiy fazilatlarini tizimli ravishda yuksaltirib borish, Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish, vazirlik ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzluksiz ta’lim sifatini oshirish borasida aniq tavsiyalar berildi.Ichki ishlar vazirligi akademiyasi zimmasiga tizim xodimlarining malakasini oshirish, ularni kasbiy tayyorlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklandi. Bu borada «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan joylarda ichki ishlar xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, kriminogen vaziyati og‘ir hududlarning ahvolini o‘rganiladi. Jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilinib, aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi ko‘riladi.— Ta’limda nazariya va amaliyot o‘zaro bir-birini to‘ldirishi kerak. Kursantlarga bilim berish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan cheklanib qolmasdan, mutaxassislik kafedralari qoshida jinoyatchilikni prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yishni ham davr taqozo etmoqda, — dedi P.Bobojonov.Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasidan vakillar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaldagi ijrosini ta’minlash masalalariga to‘xtalishdi.Akademiyaning ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish, ularni xorijiy mamlakatlarda qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etish, mashg‘ulotlarni amaliyotga yaqinlashtirilgan holda tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi tizimini ishlab chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fikr qoldiring