Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 12 afg‘onistonlik dron yordamida qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Jambil viloyati chegara xizmatchilari davlat hududiga yashirincha kirishga uringan 12 nafar afg‘onistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Chegarabuzarlarni uchuvchisiz boshqariladigan apparat yordamida aniqlashdi. Afg‘onistonliklar Qirg‘iziston orqali Qozog‘istonga piyoda o‘tib ketishga urinishgan. Voqea yuzasidan sudga qadar surishtiruv boshlangan.

Qozog‘iston chegarachilariga uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalardan foydalanishga ruxsat etilgan. Xabarlarga ko‘ra, mamlakat hukumati chegarachilarga 15 ta samolyot toifasidagi o‘ziuchar hamda 90 ta kvadrokopter olib berishni rejalashtirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring