Qozog`istonga borish va kelishda PZR test olish talabi bekor qilindi

O`zbekiston va Qozog`iston emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlari o`zaro tan olindi.

Ma`lum qilinishicha, endilikda ikki mamlakat chegaralaridan o`tish vaqtida O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolari o`z davlatlarida emlanganlik to`g`risidagi sertifikatga ega bo`lsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas.

Barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo`lishi kerak. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring