Qozog`istondan 25 ming dollar olib chiqmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik yigit qo`lga tushdi

Qozog`istonning Turkiston viloyati "Qoplonbek" bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatdan 25 ming dollar olib chiqishga uringan o`zbekistonlik yigit aniqlandi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi.

 

Ma`lum qilinishicha, qo`l yuklarini Rapiscan rentgen-televidenie apparati yordamida bojxona ko`rigidan o`tkazish paytida 19 yoshli yigitda ortiqcha 25 ming dollar pul aniqlangan.

 

"Mazkur holat yuzasidan ma`muriy ish qo`zg`atilib, materiallar prosessual qaror qabul qilish uchun Sariog`osh tuman sudiga yuborilgan", deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

 

Davlat daromadlari qo`mitasi Qozog`iston prezidentining 2022 yil 14 martdagi" Qozog`istonning moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni bilan quyidagilar mamlakatdan olib chiqib ketilishi taqiqlanganini eslatgan.

- 10 ming dollar ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd xorijiy valyuta va xorijiy valyutadagi pul vositalari.

- 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik tozalangan oltin quymalari hamda ALTYN BARYS oltin va KÚMIS BARYS kumushidan qilingan investisiya tangalari.

Реклама на Unews

Qozog`iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo`mitasi chet elga chiqishni rejalashtirayotgan fuqarolarga mamlakatning amaldagi qonunchiligiga rioya qilishni tavsiya qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring