Qozog‘istondagi tartibsizliklarda 10 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi — FVV

Bezorilar o‘t o‘chiruvchilarga qarata o‘q uzgan va tosh otgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 10 nafar xodimi jarohatlangan, ulardan biri o‘qotar quroldan yaralangan. Yong‘in chiqqan joylarga borgan o‘t o‘chirish mashinalariga hujum qilishning 33 ta holati qayd etilgan. 29 ta qutqaruv texnikasi shikastlangan, 5 ta o‘t o‘chirish tankeri to‘liq yonib ketgan. Bezorilar yettita o‘t o‘chirish mashinasini o‘g‘irlab ketishgan.

"Tahdidlariga qaramay, Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan 81 ta yong‘in o‘chirildi. Shu bilan birga, 143 nafar fuqaro qutqarib olinib, xavfli zonalardan evakuasiya qilindi", — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring