Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkentda ham sezildi

Toshkent vaqti bilan 4 avgust kuni soat 02:59 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz " nashri.

Zilzila 41,7 daraja shimoliy kenglik va 69,62 daraja sharqiy uzunlikda yuz bergan. Yer silkinishi 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan bo‘lib, zilzila markazida uning magnitudasi 3,7 ballni tashkil qilgan.

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 59 kilometr shimoliy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Yer silkinishi Toshkentda sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil qilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring