Qozog‘istonda o‘zbekistonlik 58 yoshli erkakning qul qilib ishlatilgani fosh qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi qishloq xo‘jaligi rahbari 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakni qul sifatida ishlatib kelgani fosh etildi. Bu haqda Tengrinews xabar qilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
 
«Aqto‘beda qishloq xo‘jaligi rahbarining 58 yoshli o‘zbekistonlik erkakka quldek muomala qilgani, uning hujjatlarini tortib olib, qo‘rqitgani va bir yil davomida maosh to‘lamay ishlatib kelgani aniqlandi va gumonlanuvchi politsiyaga olib kelindi», – degan Tengrinews’ga bergan intervyusida Qozog‘iston IIV axborot xizmati xodimi Kamil Galiyev.

Jabrlanuvchi og‘ilxonada yashagan, qoramol boqqan va chorvachilik xo‘jaligining boshqa ishlari bilan shug‘ullangan.
Nashrning qayd etishicha, holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 128-moddasi (odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring