Qozog‘istonda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi

Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro protokolga qo‘shildi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda, deb yozmoqda  "Xabar.uz" nashri.

BMT shtab-kvartirasida Qozog‘istonning tashkilotdagi doimiy vakili Qayrat Umarov Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ protokolini imzoladi.

O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi protokolga qo‘shilishni mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart Tokayev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida e’lon qilgan edi. 

Реклама на Unews

Mamlakatda 2003-yildan beri o‘lim jazosiga moratoriy e’lon qilingan. 2004-yildan beri ushbu jazo o‘rniga bir umrlik qamoq jazosi amal qiladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring