Qozog‘istonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Farg‘onalik D.U 2007 yilda ishlash maqsadida Qozog‘istonga ketgan. Mehnat faoliyati davomida og‘ir xastalikka chalinib, mehnat layoqatini yo‘qotgan.

Joriy yilning 13 may kuni mahalliy aholi tomonidan O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilingan. Fuqaro Bosh konsulxona tomonidan shoshilinch shifoxonaga joylashtirilgan.

Fuqaro salomatligi barqarorlashgani sababli Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiy xodim kuzatuvida reanomobilda O‘zbekistonga olib kelindi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring