Qozog‘istonda mamlakat nomini Qozoq Respublikasi deb o‘zgartirish taklif qilindi

Qozog‘istonning «Aq jol» demokratik partiyasi mamlakat nomini Qozoq Respublikasi deb o‘zgartirish taklifi bilan chiqdi. Partiya yetakchilarining ta’kidlashicha, bu tarixiy nomni tiklashdir, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Bu yil Alash muxtoriyatidan boshlangan Qozoq Respublikasiga 100 yil to‘ldi. Alash muxtoriyati zamonaviy Qozog‘istonning asosidir. Dastlabki yillarda uning nomini atayin chalkashtirib Qirg‘iz avtonom respublikasi deb nomlangandi. Besh yildan so‘ng Sultanbek Qojano‘g‘li, Saken Seyfullin, Jalau Minbayo‘g‘li kabi xalq o‘g‘lonlarining sa’y-harakatlari natijasida respublikamizga millatimizning asl nomi qaytarildi», - dedi partiya yetakchisi Azat Peruashev.

Uning aytishicha, o‘tgan yili «Aq jol» demokratik partiyasi Hukumatga ushbu tarixiy sanani rasman nishonlash va Qozog‘iston nomi bilan bir qatorda totalitar sovet hokimiyati tomonidan tan olingan Qozoq Respublikasi nomidan foydalanish taklifi bilan chiqqan.

Реклама на Unews

«Ushbu tashabbus SH.Valixonov nomidagi tarix instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ammo, biz tarixiy birligimizni anglatuvchi Qozoq Respublikasi davlat nomini qaytarishni maqsadga muvofiq deb bilamiz», - dedi A.Peruashev.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring