Qozog‘istonda koronavirusning «hindcha shtammi» tez tarqalmoqda

Qozog‘istonda so‘nggi 24 soat davomida olingan PZR testlari tahlil qilindi. Testlarning 76 foizida koronavirusning «delta» shtamm ekanligi aniqlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Epidemiologlar fikriga ko‘ra, o‘rtacha kunlik ijobiy PZR-testlari soni 114 dan 188 gacha ko‘paydi. Olmota shahri bosh sanitariya shifokori Jandarbek Bekshinning so‘zlariga ko‘ra, shahar 4-to‘lqin arafasida.

Faqat bir hafta ichida kasallik deyarli ikki baravarga (742 dan 1237 gacha) oshdi. Olmotada sutka davomida 200 dan ortiq yangi holat qayd etiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring