Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan zavod qurilyapti

Qozog‘istonda joriy yilning dekabr oyida vaksina tayyorlash bilan shug‘ullanadigan biofarmatsevtik zavod qurilishi yakuniga yetadi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

"Zavod qurilishi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu masala bilan Ta’lim vazirligidagi hamkasblarimiz shug‘ullanmoqda. Zavodni ishga tushirish dekabr oylariga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham bundan buyog‘iga ish qizg‘in davom etadi. Umid qilamizki, u belgilangan vaqtda qurib bitkaziladi", degan Soy. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod Qozog‘istonning Jambil viloyatida qurilmoqda.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, vaksina ishlab chiqarishga mo‘ljallangan biofarmatsevtik zavod qurilishi 2020 yilning iyun oyida boshlangan. 

Zavodda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan bir qatorda, xalqaro standartlarga javob beruvchi immunobiologik preparatlar ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabrdan e’tiboran, Qozog‘iston poytaxti aholisi orasida COVID-19 bilan kasallanish davom etayotgani munosabati bilan yangi cheklovlar va karantin choralari joriy etilgan. 

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 109 mingdan oshgan. 

Dunyoda esa kasallik yuqtirganlar soni 38 milliondan oshib ketgan. 1 milliondan ko‘p odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring