Qozog‘istonda karantin yana ikki haftaga uzaytirildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 29 iyul chorshanba kuni ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirus tufayli joriy qilingan karantin yana ikki haftaga uzaytirilib, avgust oyining o‘rtalarigacha davom etadi. Shundan keyin cheklovlar asta-sekinlik bilan yumshatila boshlanadi, deb yozmoqda "tarjumon.uz" nashri.

Ayni paytda qo‘shnimiz bo‘lgan Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi avj olib, har kuni mingdan ziyod yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Jumladan, 28 iyul kuni 1544 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Khozirda bu mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 86 192 kishini tashkil qilmoqda. Bu bilan Qozog‘iston bemorlar soni bo‘yicha koronavirus kelib chiqqan Xitoydan ham oldinga chiqib oldi.

Qozog‘istondagi kasallanganlarning 56 638 nafari tuzalgan bo‘lib, hozirda 28 761 kishi davolanmoda.

Shuningdek, Qozog‘istonda shu paytgacha 793 kishi virus qurboniga aylangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring