Qozog‘istonda ikki bola “Kavasaki sindromi”dan vafot etdi! Bu nima? U yuqadimi?

Bu haqda "platforma.uz" telegram kanalida ma’lum qilindi.

“Bizda hozirgacha shunday kasallik bilan 41 bola ro‘yxatga olingan. Ulardan 37 nafari tuzalib chiqdi, ikki nafari hayotdan ko‘z yumdi. Ularda surunkali kasallik bor edi. Boshqa organlardagi xastalik tufayli ushbu bolalarni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi ”, deydi Pediatriya va bolalar jarrohligi ilmiy markazi rahbari Riza Boranbayeva.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur sindrom Qozog‘iston uchun ham yangi kasallikdir. Ayrim bolalarda u koronavirus bilan og‘rigandan keyin taxminan ikki-olti hafta ichida qayd etiladi.

Реклама на Unews

«Kavasaki sindromi» genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4−5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o‘zgarishi, bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik.

«O‘zbekistonda bu kasallik uchramadi, deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilari o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lish ehtimoli bor. Bizda bu sindrom uchradi, deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi. Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas, «Kavasaki sindromi»ga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin», — degan edi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva.

 

Реклама на Unews

 

Tilni tanlang:

Русский Ўзбек O`zbek

USD: 10 321,21 EUR: 12 003,57 RUB: 132,07   

 

3 sentabr 2020, 14:41 Jamiyat  

Bolalarda «Kavasaki sindromi» kuzatilayotgani haqida ma’lumot berildi

Rivojlangan davlatlar, shuningdek, Rossiya va Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu kasallik belgilari kuzatilgani inkor etilmadi.

 

Foto: «Gazeta.uz»

 

Rivojlangan davlatlar, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston davlatida ham bu sindromga o‘xshash holatlar bolalarda kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Bu holat ham, o‘z o‘rnida, koronavirus bilan bog‘lanilmoqda. SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva bu kasallik haqida ma’lumot berdi.

«Kavasaki sindromi» genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4−5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o‘zgarishi, bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik. U organizmning viruslarga (masalan, koronavirusga) qarshi reaktiv zararlanishi bo'lib, u yuqmaydi. 

«O‘zbekistonda bu kasallik uchramadi, deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilari o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lish ehtimoli bor. Bizda bu sindrom uchradi, deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi. Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas, «Kavasaki sindromi»ga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin», — deydi Sevara Ubaydullayeva.

Mutaxassisning aytishicha, «bu sindromga o‘xshash kasallik kelib chiqishida koronavirus ta’sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish uning immun tizimining kuchayishi, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishini keltirib chiqaradi».

Bunda:

- bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori bo‘ladi;

- tanasida turli toshmalar toshishi kuzatiladi, qo‘llar kafti va tovonlar terisi ko‘chishi kuzatilishi mumkin.

«Bola organizmida kechayotgan jarayonni og‘ir yoki yengilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi. Ota-onalar bolalarda shamollash alomatlarini paydo bo‘lishi bilan poliklinikalardagi oilaviy shifokor yoki pediatrga murojaat etishi lozim».

Ma’lumot berilishicha, sindrom yurak miokardiga bo‘lgan ta’siri sabab miokardit kasalligini keltirib chiqaradi, ba’zi hollarda bola organizmidagi kuchli immun reaksiya uning o‘limi sababchisi bo‘lib qolishi ham mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring