Qozog‘istonda fuqarolarni emlash qachondan boshlanishi aytildi

Qozog‘iston Hukumati joriy yilning 1 fevralidan fuqarolarni Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlashni boshlamoqchi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 19 yanvar kuni Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida vaksinaning birinchi partiyasini 20 ming dozada yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. 

Soyning so‘zlariga ko‘ra, emlash vaksina olinishiga qarab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, birinchi bosqichda shifokorlar, ikkinchi bosqichda o‘qituvchilar, keyin surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar va boshqa bir qator toifadagilar emlanadi. 

Ta’kidlanishicha, yil oxiriga qadar 6 milliongacha qozog‘istonlikni emlash rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil dekabrida Qozog‘istonning Qarag‘anda shahridagi farmatsevtika majmuasida "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlangan.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 216 mingdan oshgan. Mamlakatda 2 ming 889 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring