Qozog'istonda "bedavo" zotiljam paydo bo'lgani rostmi? Prezident xavotirini bildirdi!

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozog‘istonliklarning noma’lum zotiljamdan vafot etayotgani borasida xavotir bildirdi.

"Mamlakatimizda noma’lum zotiljam avj olgani to‘g‘risida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Bu qanday zotiljam, u aslida bormi yoki yo‘qmi? Undan o‘lim darajasi qanday?" – deb savol berdi To‘qayev.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarim yilligida 98 546ta zotiljam holati qayd etilgan, 2019 yilda esa 63 436ta. Dastlabki yarim yillikda 1772 kishi zotiljamdan vafot etgan. 2019 yilning shu davrida 1780ta o‘lim qayd etilgan. Ammo shu yilning iyun oyida zotiljamdan o‘lim holatlari 2,3 baravarga oshgan va 628tani tashkil etgan.

Реклама на Unews

Tsoyning aytishicha, noma’lum zotiljam tashxisi bilan yotqizilgan bemorlarda koronavirusga test manfiy chiqqan.

"Siz sa’y-harakatlaringizni nafaqat koronavirusga, balki yo‘ldosh kasalliklarga – zotiljamga ham qaratishingiz kerak. Bu muammoga aslo ko‘z yumib yoki yashirib bo‘lmaydi. Odamlar o‘lyapti. Qattiq kasal", - dedi To‘qayev.

Avvalroq Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi o‘z saytida xitoyliklarni mazkur respublikada zotiljamning yangi turini chaqiruvchi xavfli infeksiya tarqalayotgani to‘g‘risida ogohlantirgandi.

Реклама на Unews

Elchixona mahalliy OAVdagi ma’lumotlarga tayanib ma’lum qilishicha, Atirau, Aktyubinsk va Chimkent oblastlarida iyun o‘rtalaridan boshlab zotiljamning ushbu turiga chalinish holatlari "sezilarli o‘sgan". Shu bilan birga, "yangi va hali o‘rganilmagan zotiljamdan o‘lim holatlari COVID-19ga nisbatan ancha yuqori".

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring