Qozog`istonda avtobusda halokatga uchraganlar bugun tongda O`zbekistonga olib kelindi. Vafot etganlar soni yana bittaga ko`paydi

Jambil viloyatida joriy yilning 12 may kuni “Olmaota-Toshkent” avtomobil yo`lining 571-kilometrida  o`zbeklar ketayotgan avtobus halokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.  

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor topshiriqlariga asosan Hukumat qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari A.Latifjonov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 13 may kuni soat 18:05 da Jualin tumanining markaziy shifoxonasiga etib borib, Qozog`iston Respublikasining mas`ul idoralari rahbarlari bilan uchrashdi va hamkorlik asosida tashkiliy va amaliy harakatlar olib borildi.

 

FVVning xabar berishicha, 13 may soat 23:40 da Jualin tuman markaziy shifoxonasidan yo`lga chiqib, 14 may kuni soat 04:55 da O`zbekiston va Qozog`iston chegarasi “G`ishtko`prik” bojxona maskaniga etib keldi.

Реклама на Unews

 

Do`st Qozog`iston mas`ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko`rsatishda yaqindan ko`mak berishgan.  

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog`liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 2 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan marosim tadbirlarini o`tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bugun, 14 may kuni baxtsiz hodisa oqibatida yana bir fuqaro vafot etdi. Ayni paytda marhumni olib kelish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda.

 

Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirildi, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo`lgani uchun uyiga javob berildi.

Реклама на Unews

Hozirgi vaqtda markazga joylashtirilgan fuqarolarning ahvoli shifokorlarning qat`iy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o`tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring