Qozog`iston vaksina sotib olish bo`yicha Rossiya bilan kelishuvga erishdi

platforma.uz xabar berishicha, bugun Qozog`istonning «SK-Farmasiya» tashkiloti Rossiya to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi bilan shu bo`yicha bitim imzoladi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda

Aynan «SK-Farmasiya» respublika byudjeti hisobidan tibbiyot texnikalarini sotib olish hamda keyinchalik ularni moliyaviy lizing asosida sog`liqni saqlash muassasalariga etkazib berish bilan shug`ullanadi, o`z mamlakatida dori-darmonlar ta`minoti va farmasevtikani rivojlantirishga asosiy mas`ul hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, yaqinda uning rahbariyati yangilanib, ishdan bo`shatilgan eski mutasaddilar ustidan korrupsiya bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Реклама на Unews

RFning Gamaley markazi esa "Sputnik V" barcha sinov bosqichlaridan o`tganidan so`ng qo`shnilarimiz uchun zarur bo`lgan miqdorda vaksina ishlab chiqarishga tayyor ekanligini bildirgan.

Xatar guruhiga kiradigan qozog`istonliklarni vaksinalash esa bepul hamda ko`ngilli asosda amalga oshiriladi.

O`zbekistonda ham shu kunlarda gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani ma`lum qilingan.

Реклама на Unews

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi, epidemiolog Rustam Ikromovning aytishicha, vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va bu ishlar sentyabr oyidan boshlanadi.

Epidemiolog 2019 yilda 21 ming nafardan ortiq «Muruvvat», «Saxovat» uylarida yashovchi shaxslar, mehribonlik va go`daklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarshi vaksinalar tekinga davlat byudjeti hisobidan etkazib berilganini qayd etib o`tgan.

"Joriy 2020 yilda ham shu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan etkazib berilishi ko`zda tutilgan, — deydi u. — Boshqa aholi vakillari o`z hisobidan, tashkilot xodimlari o`sha idora mablag`laridan xususiy vaksina emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin".

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring