Qozog‘iston shifokorlarning o‘rtacha oyligini 1200 dollardan oshirmoqchi

Qozog‘istonda 2023 yildan 2025 yilgacha shifokorlarning ish haqi bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu haqda QR Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sog‘liqni saqlashni rivojlantirish markazining bosh direktori Qanat To‘sekbayev ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

«Davlat sog‘liqni saqlash dasturiga muvofiq, shifokorlarning yillik ish haqini 2023 yildan 2025 yilgacha oshirish rejalashtirilgan. 2017 yilda shifokorlarning maoshi 98 ming tengeni (228 dollar) tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘rtacha ish haqi 253 ming tengeni (590 dollar) tashkil qilmoqda.

2025 yilda biz shifokorlarning o‘rtacha ish haqini 550 mingga (1280 dollar) yetkazishni rejalashtirmoqdamiz», dedi – Q.To‘sekbayev.

Реклама на Unews

Uning aytishicha, 2018-2020 yillarda tibbiyot xodimlarining o‘rtacha ish haqi oshadi. Masalan, 2018 yilda ularning o‘rtacha ish haqi 90 843 tangani tashkil etgan bo‘lsa, endi u 161 281 tangani tashkil etmoqda. Ya’ni, ish haqi 56 foizga oshdi.

Qayd etish joizki, Qozog‘iston 4122 doimiy vrachga muhtoj. Xususan, anesteziolog-reanimatologlar, terapevtlar, umumiy amaliyot shifokorlari, laboratoriya shifokorlari, akusher-ginekologlar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorlar yetishmayapti. Hamshiralar uchun esa 8583 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring