Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada nazoratni kuchaytirmoqchi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat chegarasida nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. U qo‘shni davlatlarda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganidan xavotirda. Bu haqda Prezident bugun, 7 oktyabr kuni pandemiyaning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish masalasida o‘tkazgan yig‘ilishida gapirgan,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

To‘qayev Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda SOVID-19 yuqtirish holati ko‘payib borayotganini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan, u aeroportlar va temir yo‘l stansiyalariga nazoratning qat’iy rejimini qaytarish kerakligini aytgan. Shuningdek, "qizil hudud" dan kelgan odamlarda ekspress-sinovlar o‘tkazish zarurligini qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 108 mingdan oshib ketgan. 1 ming 700 dan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Реклама на Unews

Dunyoda kasallik yuqtirganlar soni 36 millionga yaqinlashmoqda. 1 milliondan ko‘p odam kasallik qurboni bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 7 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 59 ming 579 nafarga yetgan. Qurbonlar soni 491 nafarni tashkil etmoqda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 07-10-2020 Asliddin

    Sovid 19 boʻlib qolibdi

    Javob yozish
  2. 07-10-2020 Asliddin

    Sovid 19 boʻlib qolibdi

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish