Qozog‘iston Nazarboyevning qonidan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlamoqchi?

Internetda yaqindagina koronavirusdan sog‘aygan Elboshi, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qonidan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlanayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ushbu ma’lumotni rad etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqdadeb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. 

"Nursulton Nazarboyevning qonidan koronavirus infeksiyasi uchun vaksinani ishlab chiqish to‘g‘risida internetda tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vakolatli organlarga ushbu materialni Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun tegishli ekspertizadan o‘tkazish va keyinchalik tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish topshirildi", deyiladi xabarda.

Vazirlik qonunga binoan bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun respublika fuqarolari javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatdi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Qozog‘iston birinchi Prezidentining Matbuot xizmati uning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berganini ma’lum qildi. Shu sababli Nazarboyev o‘zini o‘zi izolyatsiyaga oldi va masofadan turib ishlashda davom etdi. 

2 iyul kuni Elboshining matbuot kotibi Aydos Ukibay o‘zining Twitter’dagi sahifasida Nazarboyev tomonidan koronavirus uchun topshirilgan ikkinchi test salbiy bo‘lganligini yozdi. 

3 iyul kuni Nazarboyev respublika xalqiga murojaatida koronavirus bilan kasallanganidan keyin tuzalib ketganini, o‘zini yaxshi his qilayotganini va to‘la ishlay boshlaganini aytdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring