Qozog‘iston chegarasida to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Avval xabar qilinganidek, shu yil 1 iyuldan 7 iyulgacha bo‘lgan muddatda «Jibek joli» — «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2700 nafardan ortiq hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan yurtdoshlarimizni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8 iyul kuni fuqarolarimizning Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 8 iyul kuni kechqurun va 9 iyul kuni «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolarimiz o‘tkazildi.

Реклама на Unews

Ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring