Qo‘yliq dehqon bozorida 17 yoshli yigit qo‘lga olindi

Toshkent shahar. 2020 yil 12 oktyabr taxminan soat 22.00 larda 17 yoshli O.D. Bektemir tuman hududida joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududida  bo‘la turib, jamoat joyida bo‘lishiga qaramasdan, shu yerda bo‘lgan fuqaro 27 yoshli SH.K. bilan avtomashinaning avtoturargohda bo‘lishi uchun patta masalasida vujudga kelgan janjal oqibatida tortishuv vujudga kelib, O.D. nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, o‘ng qo‘lini mushtiga kiyilgan temirdan ishlangan “kastet” predmeti bilan bir marotaba SH.K.,ning jag‘iga urib, tan jarohati yetkazgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra SH.K.,da “pastki jag‘ chap tomon qayirish burchagidan  5  va 6 tishlar oralig‘ida jag‘ suyagini  sinib siljishlari” “pastki jag‘ o‘ng va chap tomon qontalashlari” jarohatlari aniqlanib, og‘irlik jihatidan “O‘RTACHA” og‘ir jarohatlari guruhiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 24 oktyabr kuni O.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Реклама на Unews

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring