BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Qoyilmisiz? “Islomda butlarga sig‘inish qatʼiyan man qilinadi” – video o‘yindan butparastlik sahnasi olib tashlandi!

Musulmonlar eʼtirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi. Bu haqida "Xabardor" nashri ma'lum qilmoqda. 

Bu haqda video o‘yinlar bo‘yicha mutaxassis Daniel Ahmed o‘zining Twitter’ida “Quvayt, Saudiya va Indoneziya kabi davlatlardagi ko‘pchilik musulmonlarning eʼtirozi sababli Tencent PUBG Mobile’dan butlarga sig‘inish funksiyasini olib tashlaganini” yozdi.

“Islomda butlarga sig‘inish qatʼiyan man qilinadi”, deydi u ushbu qarorni izohlab.

O‘yinning smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile versiyasida ushbu oyning boshida bitta o‘zgarish bo‘lgan. Undagi “Sirli changalzor” (Mysterious Jungle) rejimida turli totemlarning haykallari mavjud bo‘lib, ularga taʼzim qilinsa, personajga har xil effektlar baxsh etadi.

Quvayt hamda Saudiya Arabistonidagi geymerlar esa buni yasama maʼbudlarga sig‘inish – butparastlik deb hisoblab, ko‘p shikoyatlar qilishdi. Quvayt universiteti Shariat kolleji teologiya professori Bassam Al-Shattiy va boshqalar ham mazkur o‘yinni tanqid qilishgan.

Arab davlatlari geymerlari o‘rtasida “PUBGni o‘chirish” xeshtegi ommalashib ketdi. Bu esa o‘yinni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning mijozlarni yo‘qotishidan darak berardi. 

O‘yinning ishlab chiquvchisi – Tencent kompaniyasi bunga javoban musulmonlardan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi va haykallarga taʼzim animatsiyasini PUBG Mobile’dan olib tashladi.

“O‘yindagi ayrim funksiyalar o‘yinchilarimizni xafa qilganidan afsusdamiz. Biz o‘yinchilarimizning qadriyatlari, urf-odatlari va diniy amallarini hurmat qilamiz. Biz yuzaga kelgan noxush holatdan afsusdamiz va o‘yin funksiyasidan butga sig‘inish sahnasi va unga oid tasvirlarni olib tashladik”, dedi kompaniya o‘zining rasmiy bayonotida.

1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 27-10-2020 Merry

    I blog frequently and I genuinely thank you for your content. The article has truly peaked my interest. I will book mark your site and keesp checking for new information about once a week. I subscribed to your RSS feed too. https://topbestmobilepcgames.com/ top 10 games in thee world top 10 games in the world https://topbestmobilepcgames.com/ https://topbestmobilepcgames.com/

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish