Qoraqalpog‘istondagi gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Bugun, 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ikrom Aziz» MChJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi,   deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta «ZIL-130» yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan. Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.

Реклама на Unews

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring