Qoraqalpog`istonda yurak nuqsoni bilan tug`ilgan 170 nafar bolada davlat hisobidan murakkab operasiyalar o`teazilmoqda — SSV

​Yaqinda Toshkent va Samarqandning eng mohir kardioxirurglari 170 nafar bemorda yurak jarrohligi amaliyotini o`tkazish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasiga keldi.

 

Shifokorlar dastlab Qoraqalpog`iston tibbiyot institutining innovasion klinikasida bemorlarni tekshiruvdan o`tkazdi. Shu joyning o`zida 18 yoshgacha bo`lgan bolalarda murakkab operasiyalarni bajarishga kirishildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 
 

Shuningdek, yuqori texnologik muolajalarning bir qismi Qoraqalpog`iston Respublikasi bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida o`tkazildi.

Реклама на Unews

Natijada qanchadan qancha ehtiyojmand oilalarning bemor farzandlari uzoq yillik dardidan sanoqli soatlarda xalos bo`lib, yana sog`lom hayotga qaytdi.

Ra`no Xalmuratova qizi Elenora Kenesbaevaning xastaligidan jiddiy tashvishda edi. Jigarbandi 15 yildirki tug`ma yurak nuqsonidan aziyat chekib keladi.

Ammo zarur mablag` jamg`ara olmagani tufayli farzandini Toshkent shahriga davolatish uchun olib borishga imkon topolmayotgan onaning ko`ngli endi xotirjam.

Реклама на Unews

Nukusga kelgan shifokorlar Elenorada uzoq yillar orziqib kutilgan murakkab operasiyani bepul va eng muhimi, muvaffaqiyatli bajarishdi.

— Har yili o`g`il-qizlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazib, kasallikka chalinganlarni ro`yxatga olyapmiz, — deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Alima Matkarimova.

— Muassasamizga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Samarqand hududiy filialidan etakchi mutaxassislar kelgani bemorlar uzog`ini yaqin, mushkulini oson qildi.

Birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo`lgan oila farzandlariga e`tibor qaratilib, ularda murakkab kardioxirurgik amaliyotlar o`tkazilyapti.

— Bu bizning Qoraqalpog`istonga ikkinchi tashrifimiz, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori Maqsud Saidov. — Joriy yilning mart oyida birinchi marta Nukusda yurak operasiyalarini amalga oshirgandik.

Bu galgi operasiyalar ham to`liq davlat hisobidan bajarilyapti.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring