Qoraqalpog`istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 13 bosh jayron otib o`ldirildi (video)

26 yanvar kuni “IJ” rusumli o`qotar quroli yordamida Qo`ng`irot tumani “Ustyurt” tekisligidan “Qizil kitob”ga kiritilgan jami 13 bosh  jayronni noqonuniy ravishda ovlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ma`lum qilinishicha, mazkur jinoyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi “Barsakelmes” davlat buyurtma qo`riqxonasi hamda “Janubiy ustyurt” milliy tabiat bog`i inspektorlari tomonidan o`tkazilgan reyd tadbirida aniqlandi.

Unda fuqarolar I.M. va E.Jlar tirkamali “Ural” rusumli motosikl bilan fuqaro I.Mga tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy olib yurgan qurolda ov qilishgan. Shuningdek, ular bu ishlari bilan tabiyatga 195 mln so`mlik zarar etkazgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan 27-yanvar kuni fuqarolar I.M. va E.J.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 202-moddasi 3-qismi “e, j” bandlari va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi bo`yicha fuqarolar I.M. va E.Jlar prosessual tartibda ushlandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring