Qoraqalpog‘istonda bola “Hot lunch”dan zaharlandimi? “SES” izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning tez tayyor bo‘luvchi “Hot lunch” vermishelidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Maftuna Ergasheva bilan bog‘landi. 

Ma’lum qilinishicha, zaharlanish oqibatida shifoxonagan yotqizilgan bir nafar bola vafot etgan, ikkinchisining esa ahvoli yaxshi. Mas’ulning ta’kidlashicha, zaharlanishga “Hot lunch” lapshasi sabab bo‘lmagan.

“Tez tayyor bo‘luvchi “Hot lunch” lapshalarining bu yerda hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkala bola ham zararli uy hayvonlarini o‘ldirish uchun beriladigan “Margimush” dorisidan zaharlangan”, deya urg‘uladi Maftuna Ergasheva.

Реклама на Unews

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi videoda esa o‘zini taksi haydovchisi deya tanishtirgan erkak “bolalar “Hot lunch”degan zaharlandi” degan ma’lumotni tarqatganini tan oldi va bu yolg‘on axborot bo‘lganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, yolg‘on axborot tarqatgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) bilan javobgarlikka tortiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring