Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berila boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berila boshlandi.

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvlarida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bergan topshirig‘iga asosan 2022 yildan boshlab keytering tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Shunga asosan 7 fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini sog‘lom ovqatlantirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida keytering usulida bepul ovqat yetkazib berish boshlandi. 

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring