Qo‘qondagi xonadonda portlash sodir bo‘lgani inkor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tarqalgan xabarda portlash oqibatida uy to‘liq qulab tushgani, shu atrofdagi o‘n beshga yaqin xonadonga esa turli darajada talafot yetgani aytilgan.

«Aslida hech qanday portlash va chaqnash hodisalari sodir bo‘lmagan», deyiladi FVV ma’lumotida.

Реклама на Unews

Aynan aytib o‘tilgan manzilda joriy yilning 1 fevral kuni soat 18:24 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar «64-sonli Saodat» MFY Otabek noib ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:27 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:32 da qurshab olingan va soat 18:42 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 60 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uyning 100 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida qo‘shni xonadonlarga ziyon yetmagan.

Реклама на Unews

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring