Qo`qonda belbog`li kurash bo`yicha Prezident sovrini uchun jahon chempionati bo`lib o`tdi

Musobaqa Farg`ona viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog`li kurash assosiasiyasi, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston belbog`li kurash federasiyasi hamkorligida tashkil etildi, deya yozmoqda Bosh prokuratura Axborot xizmati.

 

Unda Rossiya, Mo`g`uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 182 nafar eng kuchli yosh sportchilar qatnashdi.

 

Chempionatda o`smirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda g`oliblik uchun bahs olib borishdi. Natijalarga ko`ra, umumjamoa sifatida O`zbekiston 1-o`rinni, Tojikiston 2-o`rinni hamda Qirg`iziston 3-o`rinni egalladi.

Реклама на Unews

 

O`zbekiston terma jamoasi tarkibida Farg`ona viloyatimiz sportchilari ham ishtirok etib, jami 18 ta medalni qo`lga kiritishdi.

Jahon chempionati bahslari yakunlangach, har bir vazn toifasida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan sportchilarga 5 mln. so`m, ikkinchi o`ringa ega bo`lgan sportchilarga 3 mln. so`m, ikkita uchinchi o`rinni egallagan polvonlarga 2 mln. so`mdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring