Qizil Toshkent: Oʻzbekiston poytaxtida qor tufayli koʻchalarda harakat toʻxtab qoldi

"Yandeks.Kartы" xizmati poytaxt koʻchalarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda. Poytaxtdagi birinchi qor tufayli avtomobil yoʻllari haqiqatan falaj holatga keldi

  Bugun, 18 noyabrda Oʻzbekiston poytaxtida yoqqan qor tufayli Toshkent koʻchalari "toʻxtab qoldi".

"Yandeks.Kartы" xizmati avtomobil yoʻllarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Реклама на Unews

"Mashinalar odamlar kabi yuryaptimi", - deya hayratini yashirmaydi yoshgina talaba qiz Nigora. Chindan ham, jamoat transportlari qatnovi sustlashgan, avtomobillar ham deyarli odamday odimlar edi.

Tirbandlik kuchliligidan ayrim avtobuslar bekatlarda toʻxtamadi, yoʻlovchilar juda sekin harakatlanayotgan avtobusga chiqishga majbur boʻlgan holatlar ham kuzatildi.

"Hech kim bunday boʻlishini kutmagandi, qor yaxshi, ammo uch soat deganda oʻz manzilimga yetib oldim", - deya yoʻllardagi probkalarga munosabat bildiradi Muxtor ismli haydovchi.

Реклама на Unews

Krasnыy Tashkent: stolitsa vstala v desyatibalnыx probkax
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring