Qiyin ahvolda qolgan 9 nafar fuqaro Rossiyadan olib kelindi

Joriy yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiyaning turli hududlarida murakkab moliyaviy-ijtimoiy holatga tushib qolgan ko`plab fuqarolarni charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi  Matbuot xizmatining xabar berishicha, ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 9 nafari 17-18 dekabr kunlari Sankt-Peterburg hamda Moskva shaharlaridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Ta`kidlanishicha,  Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolardan iborat. 

Реклама на Unews

Ma`lum qilinishicha, qiyin ahvolga tushib qolgan bemorlarga “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan samolyot bortida maxsus shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring