Qirg`izistondan kontrabanda qilingan katta miqdordagi kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni pullayotgan 7 kishiga hukm o`qildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Sergeli tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda Shayxontoxur tumanida yashovchi, 1985 yildi tug`ilgan R.P. 56 dona “Regapen” va 10 dona “Tropikamid” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo`lga olindi. Bu haqda DXX "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.

 

Shuningdek, R.P.ning “Kobalt” rusumli avtomashinasi tegishli tartibda tekshirilganda, 2858 dona “Regapen” va 691 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi ham aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tumani sudi tomonidan u Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Реклама на Unews

 

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida yashovchi, 1975 yilda tug`ilgan I.I.ning xonadoni ko`zdan kechirilganda 77 dona “Tropikamid”, 13 dona “Regapen” va 6 dona “Selofen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan I.I. Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Toshkent viloyatidagi “Chinor” YPX maskanida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to`xtatilib tekshirilganda, unda 5572 dona “Regapen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan. So`ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan M.Yu. mazkur dori vositalarini Toshkent shahrida qabul qilib olgan vaqtda ushlangan. 

Реклама на Unews

Shuningdek, undan dori vositalarining bir qismini sotishi kerak bo`lgan Chilonzor tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan B.B. ham qo`lga olingan. 

Bundan tashqari, tegishli ko`rsatmalar asosida jinoiy guruh etakchilari - Toshkent shahrida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan N.A. va Qo`qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan R.M.lar ham ushlandi. O`z o`rnida R.M.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda 3542 dona “Regapen” dori vositasi borligi aniqlangan. 

Ta`kidlash lozimki, ushbu kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari mamlakatimizga Qirg`iziston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan olib kelingan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Ohangaron shahar sudi tomonidan R.M. va M.Yu.ga nisbatan 5 yilN.A.ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. B.A. va B.B.larga esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi qo`llanilgan holda tayinlagan jazo shartli deb hisoblanib, ularga 2 yil sinov muddati belgilandi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring