Qirg`izistonda saylov natijalaridan norozi namoyishchilar Almazbek Atambaevni ozodlikka chiqarishdi

Qirg`iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambaev ozodlikka chiqarilgan. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda, deyiladi "kun.uz" xabarida.

Qirg`izistonda 4 oktyabr kuni bo`lib o`tgan parlament saylovidan so`ng natijadan norozi bo`lganlar namoyishga chiqishdi. 

Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11tasi uning natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Hukmron «Birimdik» partiyasi esa qayta saylovlar o`tkazishga rozi bo`lgan. Dastlabki natijalarga ko`ra, «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari etarlicha ovoz to`play olgan. 

Реклама на Unews

Namoyishchilar mamlakat parlamenti binosiga hujum uyushtirishgan. Vaziyat jiddiy tus olib, namoyishchilar Qirg`iziston milliy xavfsizlik qo`mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan. U erda mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambaev saqlanayotgandi.

Oldinroq namoyishchilar parlament binosiga ham bostirib kirishgan. Xavfsizlik qo`mitasi binosiga kirib borgan namoyishchilar Almazbek Atambaevning ozodlikka chiqarilishini talab qilishgan. Ma`lum bo`lishicha, ularning talabi bajarilgan va sobiq prezident qo`yib yuborilgan.

Ma`lumot uchun, 2019 yil avgustda qo`lga olingan Almazbek Atambaev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil-u 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qo`yilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukaevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukaev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atambaev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atambaev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo`lga olishgandi.

Реклама на Unews

Internetda Atambaevning ozod qilinishidan olingani aytilayotgan videolar tarqaldi. Bishkek ko`chalarida minglab odamlar namoyishlarda qatnashdi. Hozircha, hukumat bu borada rasmiy ma`lumot bergani yo`q.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring