Qirg‘izistonda koronavirus tashxisini qo‘yishda yangi usuldan foydalanmoqda

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tashxisini qo‘yishda yangi usuldan foydalanmoqda, dedi vazirlik rahbarining o‘rinbosari Madamin Karatayev brifingda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Karatayevning so‘zlariga ko‘ra, GeneXpert uskunalaridan COVID-19 ni aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Ushbu usuldan Bishkekdagi ma’lumotnoma laboratoriyasida foydanilayapti.

“BMTTD yordamida biz 6,550 patron sotib oldik. Bu usul PCR tahlilining prototipidir. Bir soat ichida sakkiz kishining natijalarini bilib olishingiz mumkin, tahlilning aniqligi 99 foiz”, dedi Karatayev.

Реклама на Unews

Uning ta’kidlashicha, koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tahlil natijalariga ko‘ra, Respublika yuqumli kasalliklar kasalxonasiga, 6-sonli kasalxonaga va Qirg‘iz-Turkiya do‘stlik kasalxonasiga yuboriladi. Agar kasallik alomatlari bo‘lsa-yu, ammo testlar ijobiy bo‘lmasa, bemor boshqa tibbiy muassasalarga yuboriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring