Qirg`izistonda ko`chki yuz berdi, 18 ta uy aholisi evakuasiya qilindi

O`sh viloyatining O`zgan tumanida hajmi qariyb 1 million kub metr bo`lgan ko`chki yuz berdi. Bu haqda  sputnikkg xabar berdi.

Qirg`iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, ko`chkidan 300 metr uzoqlikda joylashgan 18 ta uy aholisi evakuasiya qilingan.

"O`zgan viloyati jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan ogohlantirish e`lon qilindi, profilaktika choralari ko`rilmoqda", — deyiladi xabarda.
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring