Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida to‘qnashuv yuz berdi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida harbiy to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada qirg‘iz qurolli kuchlari harbiysi yaralandi, deya yozmoqda 24.kg nashri, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Voqea Botken viloyati chegarasida yuz bergan. Noma’lum qurollangan shaxs Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q ov qurolidan uzilgan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida ham Tojikiston bilan chegarada qurolli mojaro chiqqandi.

2019-yilning 16-sentyabrida esa Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida otishma bo‘lgan va natijada Qirg‘iziston chegara xizmati xodimi vafot etgan edi. Har ikki davlat o‘rtasida 976 kilometrlik chegara mavjud bo‘lib, shundan faqat 504 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Chegaraning qolgan hududida esa vaqti-vaqti bilan kelishmovchiliklar ro‘y berib turadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring