Qirg‘iziston prezidenti hukumatni iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumatni iste'foga chiqarish to’g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lum bo’lishicha, prezident bosh vazir Kubatbek Boronov va hukumat tarkibini iste'foga chiqarish bo’yicha hujjatni imzolagan. Ushbu hujjat mamlakat Konstitutsiyasining tegishli moddasiga binoan qabul qilingan. Shu orqali hukumat tarqatib yuborildi.

Endilikda, bosh vazir, uning birinchi o’rinbosari, bosh vazir o’rinbosarlari, hukumat a'zolari yangi tarkib tasdiqlangunga qadar vaqtincha o’z vazifalarini bajarib turadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring