Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamenti Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari sonini ko‘paytirishni taklif qilmoqda. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bu taklif bilan deputat Baxit To‘roboyevdan chiqqan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Jalolobod viloyati bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punkti ochishga tayyor.

Реклама на Unews

“Suzoq tumanida Bekobod, Oqsida Nanay nazorat punkti bor. O‘zbekiston bu nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga tayyor, bizniki esa shoshilmayapti. Agar 2020 yilda Qirg‘izistonga 2,2 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, ularning 68 foizini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Farg‘ona vodiysida 11 million aholi istiqomat qiladi. O‘tkazish punktini ochish orqali biz faqat sayyohlar sonini ko‘paytirib, hudud rivojini ta’minlaymiz”, — degan deputat.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring