Qirg`iz-tojik chegarasidagi otishmada halok bo`lgan qirg`izistonlik askarlar soni e`lon qilindi

Tojikiston bilan chegaradagi to`qnashuvlarda Qirg`iziston tomondan 24 kishi halok bo`ldi. Bu haqda mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi, deb yozmoqda “zamon.uz”.

 

Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati xabariga ko`ra, Tojikiston fuqarolari provokasiya uchun o`z uylariga o`t qo`ygan.

 

“Bogdari qishlog`ida o`t ochishni to`xtatish vaqtida Tojikiston fuqarolari o`z uylariga o`t qo`yishni boshladi. Bunday harakatlar qirg`iz tomonini ularning uylarini vayron qilganlikda ayblash uchun ataylab qilingan provokasiyadir”, — deyiladi Chegara xizmati xabarida.

Реклама на Unews

“Sputnik” nashrining yozishicha, “Guliston” nazorat-o`tkazish punktida Qirg`iziston va Tojikiston chegara xizmatlari rahbariyati uchrashib, o`zaro kelishuvga erishilgan. 

Unga ko`ra, 17 sentyabr kuni soat 09:00 ga qadar ikki davlat chegara boshqarmalarining hududiy boshqarmalari rahbarlari qirg`iz-tojik chegarasida provokasiyalar va otishmalarning oldini olish bo`yicha ishlarni shaxsan tashkil etishi lozim.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring