Qaysi OTMga eng ko`p hujjat topshirilgani va eng ko`p abiturient qaysi hudddan ekani ma`lum qilindi

Davlat test markazi 2022-2023-o`quv yili uchun abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlari bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. 

 

Ma`lum qilinishicha, 2022-2023-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abiturientlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.

 
 

Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):

Реклама на Unews

Kunduzgi ta`lim shakli — 585 669 nafar;

Sirtqi ta`lim shakli — 528 839 nafar;

Kechki ta`lim shakli — 25 369 nafar;

Реклама на Unews

 Masofaviy ta`lim shakli — 6 867 nafar.

Abiturientlar tomonidan eng ko`p tanlangan oliy ta`lim muassasalari (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):

 O`zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar.

 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar.

 Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar.

Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar.

 Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.

Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo`yicha):

Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar.

 Samarqand viloyati — 125 717 nafar.

Toshkent viloyati — 107 923 nafar.

Farg`ona viloyati — 104 201 nafar.

Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring