Qator xorijiy aviakompaniyalar O’zbekistonga parvozlarni tiklashga tayyor ekanliklarini bildirdi

Bir qancha aviatashuvchilar koronavirus pandemiyasi fonida respublikaga bo‘lgan parvozlarni qayta tiklashga tayyor ekanliklarini bildirdi, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.

Xorijning 20dan ziyod aviatsiya sohasidagi Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, “Sibir” kabi qator aviakompaniya va Uzavia vakillari ishtirokida o‘tgan onlayn-konferensiyada xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashga tayyor ekanliklari bildirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning o‘zaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Albatta O‘zbekiston aeroportlari aviatashuv, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro aloqalarni tiklash va hamkorlikda faoliyat olib borishdan manfaatdor. Bu o‘z navbatida, prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, davlatlar o‘rtasida sayyohlik va eksportning rivojlanishiga, investitsiyalar oqimining kuchayishiga olib keladi”, - degan Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ravshan Ismailov.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan xorijlik sheriklar o‘z taklif-mulohazalari orqali O‘zbekistonga parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘z navbatida “O‘zaviatsiya” agentligi va Uzbekistan Airports AJ ham kelgusidagi rejalarni amalga oshirish mexanizmlarini yanada mustahkamlash, pandemiya sharoitida barcha talablarga rioya qilgan holda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring