BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Qator ma’lumotlarni talab qilish bekor bo‘ladi

Prezidentning «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga (24.07.2021 yil PF-6269-son) ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlaridan qator ma’lumotlar talab qilinmaydi.

Jumladan,
 a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:

  • tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
  • litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni;
  • davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
  • kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
  • jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
  • jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
  • fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;

b) quyidagi hujjatlarni:

  • moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
  • jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
  • ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtirilgani ma’lum bo‘lgandi.

Shikoyat bilan chiqqan 41 o‘zbekistonlik muhojir haqida ma’lumot berildi Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Bizni qul qilib sotib yuborganmisizlar?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videomurojaat keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergandik.  O‘sha murojaatda aytilishicha, 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Tashqi Mehnat migratsiyasi agenligi Andijon filiali orqali Rossiya Federatsiyasiga ishga jo‘natilgan, biroq u yerda yetarli shart-sharoit yaratilmagan, va’da qilingan maosh to‘lanmagan. Yuqoridagi holat yuzasidan bugun, 24 iyul kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi.  Aniqlanishicha, murojaat yo‘llagan muhojirlar Rossiya Federatsiyasining Cherkessk shahridagi “Yujniy” agrokombinati korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqqan.  “Yurtdoshlarimiz murojaatiga asosan ularning muammolarini o‘rganish maqsadida joriy yilning 14-16 iyul kunlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi ushbu korxonaga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan fuqarolar bilan ham uchrashilgan”, deyiladi xabarda. O‘rganishlar natijasida, mazkur korxonada 2019 yildan buyon 46 nafar samarqandlik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani, 2021 yilda yana 109 nafar andijonlik ish boshlagani ma’lum bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, ish beruvchi korxona rahbariyati bilan mehnat migrantlarining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan. Qayd etilishcha, ushbu vaziyat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Fikr qoldiring