Qashshoshlik... - Putin G20 sammitida dunyo uchun eng asosiy xatarlarni aytdi!

Putinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga putur yetkazdi, yuz minglab kishilarni hayotdan olib ketdi va millionlab kishilarni ishsiz qoldirdi.

Ommaviy ishsizlik va qashshoqlik dunyo uchun eng asosiy xatarlar bo‘lib qolmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 virtual sammitida.  

«Qashshoqlikka olib keluvchi ommaviy «turg‘un» ishsizlik va ijtimoiy ta'minlanmaganlik eng asosiy xatar bo‘lib turibdi va «yigirmatalik»ning vazifasi bunga yo‘l qo‘ymaslikdir», — dedi u. Bu haqida "Kun" nashri xabar qilmoqda. 

Реклама на Unews

Putinning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya milliy iqtisodiyotlarning o‘sishiga putur yetkazdi, yuz minglab kishilarni hayotdan olib ketdi va millionlab kishilarni ishsiz qoldirdi.

Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, pandemiya, global lokdaun va iqtisodiy faollikning to‘xtashi dunyo Buyuk tushkunlik davridan buyon duch kelmagan tizimli iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring