Qashqadaryolik fuqaro o‘z ammasini do‘pposladi

2021 yilning 21 may kuni soat 17:00 larda Kitob tumani 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi oldida Kitob tumani, “Zarafshon” MFYda yashovchi O.A. shu qishloqda yashovchi ammasi A.G. bilan yer-joy bo‘yicha oldindan mavjud bo‘lgan nizo sababli o‘zaro tortishuv davomida janjallashib, tayoqqa o‘xshash jism, temir bo‘lagi va qo‘llari bilan G.A.ning do‘ch kelgan joylariga urib tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Sudga oid tibbyot ekspertizasi tayinlanib xulosasi olinib, to‘plangan hujjatlar qonuniy to‘xtamga kelish uchun Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi G.A. Sudga oid tibbiyot ekspertizasi xulosasidan norozi ekanligi bois himoyachisi tomonidan kiritilgan iltimosnomaga ko‘ra, tergovchi tomonidan qayta sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilib, viloyat STEBga yuborilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Sodir etilgan har qanday holat yoki qonunbuzarlik yuzasidan xolis va adolatli qonuniy to‘xtamga kelish vakolati belgilangan huquq-tartibot organlari zimmasiga yuklangan.
Ijtimoiy tarmoq faollaridan qonunda belgilanganidek tergov olib borilayotgan yoki hali qonuniy to‘xtamga kelmagan jinoyat tafsilotlarini vakolatli organlarning yozma ma’lumoti yoki ruxsatisiz ommaga e’lon qilmasliklarini eslatib o‘tamiz.
O‘z navbatida bu turli anglashilmovchilik va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarini chalg‘itishni oldini oladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring