Qashqadaryodagi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisi va aholidan 24 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 11 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4695 (+72) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 18 nafari Navoiy viloyatida, Toshkent shahri va Namangan viloyatida 3 nafardan aholi orasida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 3532 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmokda.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 1144 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring