Qashqadaryoda viloyat hokimi o‘rinbosari uch oylik maoshini davlatga qaytaradigan bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida hokim o‘rinbosari uch oylik maoshini davlatga qaytaradigan bo‘ldi. Bu haqda nasafnyus.uz nashri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev jiddiy tanqidga uchragan. U hokimlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish haqida ayrim tumanlarga xabar bermagan. Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik maoshini davlatga qaytarib to‘laydigan bo‘ldi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Yo‘ldoshevning kotibiyat mudiriga hayfsan berilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring