Qashqadaryoda ukasini yoqib yuborgan akaga sud hukmi o`qildi

O`tgan yilning noyabr oyida Qashqadaryoda onasini haqoratlanishiga chidolmagan aka o`z ukasining qotiliga aylangandi. 

 

zamon.uz saytida Shahrisabz tumani sudida ushbu hodisa yuzasidan ko`rib chiqilgan jinoyat ishi haqida ma`lumot berildi.

 

Sud hujjatlariga ko`ra, 2021 yilning 31 oktyabr kuni ayblanuvchi ukasining onasi bilan janjallashib qolganidan xabar topib, uni izlab yo`lga chiqadi. Ukasi o`rtoqlari bilan ulfatchilik qilayotganini ko`rib, uni mashinasiga o`tqazib, uyiga olib keladi.

Реклама на Unews

 

O`sha kuni qarindoshlarinikiga to`y marosimi bo`layotgani bois, aka ukasini mast holatda ko`chaga chiqib ketmasligi uchun sim bilan oyoq qo`lini bog`lab molxonaga qamab qo`yadi va o`zi to`yga ketadi.

To`ydan yarim tunda qaytgan aka to`g`ri molxonaga borib ukasining qimir etmay yotganiga guvoh bo`ladi. Kunduzgi jahl tarqamagani bois aka avtomashina bilan birga ukasini yoqib yuboradi. Tezkor tadbir jarayonida ukasining qotiliga aylangan akaning qilmishlari fosh bo`lgan.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman sudida ukasining qotiliga aylangan aka ishi bo`yicha sud ishi ko`rib chiqildi. Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi JKning 97-modda 2-qismi "j" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring